MUKOFOT MUBORAK!

0

Bugun Navoiy viloyat hokimligi qabullar zalida viloyat tashkilot, korxona, muassasalarining bir guruh mehnatda o‘rnak ko‘rsatgan, jamoat ishlarida faol qatnashgan, ijtimoiy hayot ravnaqiga munosib ulush qo‘shgan vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlanganlar orasida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Marat Shamuratov ham bor. Ta’lim sohasini rivojlantirish, umumta’lim maktablarni zamonaviy qiyofaga keltirish, ta’lim mazmuni va sifatini oshirishda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun M.Shamuratovni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Viloyat xalq ta’limi sohasini rivojlantirish, yosh avlodni chuqur bilim, yuksak intellekt egasi, yurtga sadoqat ruhida voyaga yetkazishda Marat Shamuratovga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, shijoat tilaymiz. Mukofot muborak bo‘lsin!

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: