YOSH DASTURCHI

0

Hikmatilloyev Diyor Sobirjon o’g’li Uchquduq tuman XTB ga qarashli
18-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-«A» sinf o’quvchisi. Diyorjon matematika, fizika, ingliz tili fanlariga juda qiziqadi. Ayniqsa, u informatika fanini chuqur o’zlashtirmoqda. Diyor 2020- 2021-o’quv yilida o’tkazilgan» Eng yaxshi dasturchi- o’quvchi» tanlovining tuman bosqichida «Mobil ilova» yo’nalishi bo’yicha faxrli
1-o’rinni, «Chegara bilmas- axborot texnologiyalari» tanlovida esa 2-o’rinni egalladi. Shuningdek, u » Bir million o’zbek dasturchilari» online ta’lim platformasining 4 yo’nalishini muvaffaqiyatli tamomlab, nanogidret imtihoni ishtirokchisiga aylandi. Hikmatilloyev Diyorjon xalqaro miqyosidagi tanlovlarda ham juda faol. Jumladan, u » RuCode» xalqaro festivalda ishtirok etib, sertifikatni qo’lga kiritdi. » Bebras» online olimpiadasida qatnashib, ishtirokchi sertifikatiga ega bo’ldi. Diyorjon yozgi ta’tilda ham o’qish va izlanishdan to’xgani yo’q. U » 5 tashabbus» respublika tanlovining 3- yo’nalishi – kompyuter savodxonligi bo’yicha ishtirok etib, faxrli 1-o’rinni egalladi va 2000000 so’m pul mukofotini qo’lga kiritdi. Ota-onasi va ustozlarining ishonchini oqlayotgan Diyorjon kelajakda dasturchi kasbini egallash niyatida. Ishonchimiz komilki, Diyorjon kelajakda yetuk mutaxassis bo’lib yurtimiz ravnaqiga o’z hissasini qo’shadi.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: