OLIS YULDUZLAR SHU’LASI

0

Navoiy viloyatining olis cho‘l hududlaridagi xalq ta’limi muassasalarida bugun barchaning maqsadi mushtarak, ular yakdil, qo‘lni qo‘lga berib, maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash bilan band. Konchilar shahri bo‘lgan Zarafshon, oltintoparlar yurti Uchquduqda ham shu ulug‘ maqsad, ya’ni xalq farzandlariga bilim berish, ularni mustaqil vatanga loyiq bo‘lib voyaga yetishlariga hissa qo‘shish ishtiyoqi bor.

Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Shamuratov ta’lim muassasalaridagi ishlarni shaxsan ko‘zdan kechirish, paydo bo‘layotgan muammolarni joyida bartaraf etish, pedagogik jamoalarning fikrlarini tinglash uchun ikkala hududga xizmat safariga bordi. Maktablarda joriy ta’mirlash, pandemiya sharoitida karantin talablariga rioya etish, gigiyena normalariga muvofiq shartlarning bajarilishi holatlarini o‘rgandi. Shuningdek, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga tayyorgarlik darajasini monitoring qilish, ularning mustaqil hayotga ijtimoiy moslashuvlarini tahlil qildi.

Boshqarma boshlig‘i hududdagi mas’ul lavozim egalari bilan maktablarni o‘rganar ekan, hayotiy tajribasidan kelib chiqib, zarur tavsiyalar berdi. Maktablarning obodonligi, sinfxonalarning jihozlanishi, kutubxona fondi, darsliklar bilan ta’minlanish darajasi, sport maydonlarining shayligi, qishga ko‘mir zahiralarining mavjudligi, antiseptik vositalarning olib kelinganligi, o‘qituvchilarning vaksina qabul qilganligi kabi muhim vazifalarni jiddiy tahlil qildi. Hudud imkoniyatlaridan kelib chiqib, mahalliy hokimliklar va sektor rahbarlari bilan ba’zi asosiy masalalarni kengashib oldi.

Olis hududda porlayotgan iste’dod egalari, yuqori ball olgan bitiruvchilarni aniqlash, ularni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

     

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: