9-MAKTAB ZAMONAVIY MAKTAB MAQOMINI OLDI

0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 26 noyabrdagi PQ-4537-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim muassasalari “Zamanoviy maktab”larga qo‘yilgan talablar asosida saralab olindi.
Uchquduq tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi saralash bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 484.5 ball to‘plab 3-darajali “Zamonaviy maktab” maqomiga sazovor bo‘ldi.
Joriy yilning 29 iyul kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 191-sonli maktabda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari R.Karimjonov hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari H.Ketmonov tomonidan 9-sonli maktab direktori Jusipbekova Roza Jorabekovnaga maktabning
3-darajali “Zamonaviy maktab” maqomini olganligi to‘g‘risidagi sertifikat topshirildi.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: