Ta’limga beg‘araz yordam berish bo‘yicha yana bir namuna

0

Bu yil 7 mingga yaqin maktablarimiz ta’mirlanayotgani sababli ulardagi yozuvlar ham o‘zgarishini inobatga olib, bir yo‘la yangi Logo va Brandbook yaratishni niyat qilgan edik.

Albatta, bunga ortiqcha mablag‘ sarf qilmaslik maqsadida o‘zimizning ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, qator logo variantlari ishlab chiqilgan va ovoz berishga ham qo‘yilgan edi: https://t.me/uzedu/13298

Shunda Xurshid Maroziqov (https://www.facebook.com/fikrbankCom) biz bilan bog‘lanib, belgi.design agentligi tomonidan professional darajada Logo va Brandbookni beg‘araz tayyorlab berish bo‘yicha o‘z taklifini berdi, hamda hamkorlik natijasida ushbu yangi variant ishlab chiqildi.

Marhamat, ushbu Logo va undan foydalanish bo‘yicha Brend yo‘riqnomasidagi (https://telegra.ph/Yangi-Logo-va-Brandbook-08-07) tavsiyalardan ta’mirdan chiqayotgan maktablarimiz bemalol foydalanishlari mumkin. Brandbook maktablarning ichkarisidagi shakllarini ham kelgusida qamrab olib takomillashadi.

PS. Faqat iltimos, sallasi desa kallasini olish bo‘lib qolmasin. Qaerda maktablar ta’mirlanib, yozuvlar yangilanayotgan bo‘lsa o’sha yerda foydalanish tavsiya etiladi. Yaqindagina yangi ta’mirdan chiqqan joylarda qaytadan mablag‘ sarf qilib o‘zgartirishga esa hozir hojat yo‘q.

(https://telegra.ph/Yangi-Logo-va-Brandbook-08-07)

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: