“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonining Uchquduq tumanidagi ilk sovrindori

0

30 iyul kuni “Xalqlar do‘stligi” kuni munosabati bilan Navoiy shaxrida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan mukofotlangan bir guruh jamoatchilik vakillari orden, medal va ilk marta “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Tadbirga millatlararo do‘stlik va hamjihatlik sohasida uzoq yil mehnat qilgan davlat va jamoat arboblari hamda O‘zbekistonda yashayotgan turli millat va elat vakillari taklif qilindi.
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonining Uchquduq tumanidagi ilk sovrindori 9-maktabning rus tili fani o‘qtuvchisi Amangul Baimbetova ham mazkur tadbirda mukofotni qabul qilib oldi.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: