TOP-100 G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

0

“Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasida ishtirok etib, natijaga ko‘ra respublika Top-100 taligida 22 nafar navoiylik informatika fani o‘qituvchisi birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Hususan loyihada Uchquduq tumanidagi 18-maktab informatika fani o‘qituvchilari Ravshanova Dilafruz, Xoliqova Dilafro‘z, 7-IDUM informatika fani o‘qituvchisi Qandaxarov Gʻulom hamda 20-maktab informatika fani o‘qituvchisi Xo‘jayeva Zebiniso faol ishtirok etib, Top-100 talik ro‘yxatdan joy olishdi va Uchquduq tumani umumiy hisobda viloyatda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yuqori natijalarga erishgan navoiylik o‘qituvchilar Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov tomonidan taqdirlandi.

Hokimlik rasmiy qabul zalida viloyat hududlaridan jam bo‘lgan o‘qituvchilar hokimlik tashakkurnomasi hamda               4 900 000 so‘m pul bilan mukofotlandi.

Viloyat rahbari o‘qituvchilarni fidoiy va samarali mehnatlari evaziga respublikada yetakchi bo‘lganligini alohida qayd etib o‘tdi.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: