UChQUDUQLIKLARNING AHDI QAT’IY

0

Uchquduq tuman xalq ta’limi bo‘limi mutasaddilari 2020-2021 o‘quv yilini muvaffaqiyat bilan yakunlab, joriy yilda kompleks ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori reytingga ko‘tarilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan. Marrani baland olishga ularda asoslar yetarli. O‘tgan o‘quv yilida respublika bo‘yicha “Top-10talik”da mustahkam pozisiyani ishg‘ol etgan uchquduqliklar natijani yangilashning albatta uddasidan chiqadi, — deydi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri J.Xalilov. O‘ziga xos bo‘lgan tajriba maktabi va o‘qituvchilarning fidoiyligiga tayanib, ayni fikrni qo‘rqmasdan aytishim mumkin”. Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Shamuratov Uchquduq tuman xalq ta’limi bo‘limini boshqargan paytlari va bugungi vaziyatni solishtirib o‘rganish, mavjud potensiallarni to‘liq ishga solish maqsadida tumandagi 1-, 5-, 7-, 8-, 11-, 12-umumta’lim maktablarning pedagogik jamoasi va bitiruvchilari bilan shaxsan uchrashib, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga tayyorgarlik holatini o‘rganib chiqdi. Bu boradagi o‘z hayotiy va ish faoliyati bilan bog‘liq tajribalarini o‘rtoqlashdi. Maktablardagi “Abituriyent shtabi”, psixodiagnostika ishlari, sinov testlar natijasi, shuning bilan bir vaqtda joriy ta’mirlashning borishini o‘rgandi. Ish faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan maktab rahbarlariga o‘z tavsiyalarini berib, mahalliy davlat hokimiyati organi bilan ishni tashkil etishni belgilab qo‘ydi.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: