«Eng ijodkor, izlanuvchan, tashabbuskor metodbirlashma rahbari» tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi

0

«Eng ijodkor, izlanuvchan, tashabbuskor metodbirlashma rahbari» tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi

Uchquduq tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarining metodbirlashma rahbarlari o‘rtasida «Eng ijodkor, izlanuvchan, tashabbuskor metodbirlashma rahbari» tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar. 1-shartda metodbirlashma rahbarlari tomonidan ish faoliyati va samaradorligi taqdimot shaklida ochib berildi. 2-shartda esa muammoli vaziyat asosida «Mahorat darslari»ni tashkil qilishdi. 3-shartda esa mutaxassisligi bo‘yicha 5 ta test topshiriqlarni bajardilar hamda mantiqiy savollarga javob berishdi. Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra 1-o‘rinni 9-maktabning qozoq tili va adabiyoti fani metodbirlashma rahbari Rzaxmetova Baljan, 2-o‘rinni 10-maktabning amaliy fanlar metodbirlashma rahbari Sanoyeva Sarvinoz, 3-o‘rinni 6-maktabning filologiya fanlari metodbirlashma rahbari Arabova Shoxidalar egalladi. Gʻoliblar bo‘lim tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

       

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: