Kibersport musobaqasining «Mudir sovrini» turniri o’tkazildi.

0

Kibersport musobaqasining «Mudir sovrini» turniri o’tkazildi.

Uchquduq tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli umumta’lim maktablari o‘quvchi yoshlari o’rtasida “Kibersport” haqidagi nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash, ular o‘rtasida jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, iqtidorga ega bo‘lgan yoshlarni tanlab olish maqsadida tumanimizdagi 7-IDUMda “Kibersport” o’yinlarining «Mudir sovrini» turniri o’tkazildi.

Turnirda o’quvchilar FIFA15 va Blur o’yinlari bo’yicha o’zaro kurashishdilar.

Musobaqa natijalari quydagicha:
⚽️ FIFA15 o’yini bo’yicha 10-maktab o’quvchisi Haydarov Diyorbek 1-o’rinni qo’lga kiritib turnirningi viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi, 2-o’rinni 20-maktab o’quvchisi Omonov Shaxzod, 3-o’rinni 7-IDUM o’quvchisi Rasulov Azizbek qo’lga kiritdi.
🏎 Blur o’yini bo’yicha 18-maktab o’quvchisi Sag’dullayev Jahongir 1-o’rinni qo’lga kiritib, turnirning viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. 2-o’rinni 7-IDUM o’quvchisi Obloberdiyev Kamolbek, 3-o‘rinni 9-maktab o’quvchisi Muxammedraximov Bauirjan qo’lga kiritdi.
G’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilar xalq ta’limi bo’limining diplom va esdalik sovg’alari hamda maxsus «Mudir sovrini» — Kuboglar bilan taqdirlandi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarimizni tabriklaymiz hamda oʻquvchilarimizga viloyat bosqichida omadlar tilab qolamiz!


Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: