Matematika hayotning muvaffaqiyat formulasi

0

Matematika hayotning muvaffaqiyat formulasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 29-maydagi PQ-4708-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Uchquduq tuumanida umumta’lim maktablarida matematika fani o‘qituvchilari “Matematika hayotning muvaffaqiyat formulasi” ko‘rik-tanlovi tuman bosqichi tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 20-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.Mazkur ko‘rik-tanlovning ochilish marosimiga tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Xalilov Jamshid Abdumajidovich ishtirok etib, tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan tajribali pedagoglarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda umumta’lim maktablarida matematikia fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Matematika hayotning muvaffaqiyat formulasi” ko‘rik-tanlovi tuman bosqichi tashkil etilganligi xususida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu ko‘rik-tanlovda umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan matematika o‘qituvchilari tasdiqlangan Nizom asosida ishtirok etishdi. Tanlovda jami 10 nafar ishtirokchilari quyidagi 3 ta shart asosida o‘zaro bellashadilar.

1-shart. “Xatoni top” Ishtirokchilarga xatolari bor javobi bilan beriladi ishtirokchilar 10 daqiqa vaqt davomida berilgan masalalardagi xatoni topishlari kerak. 3 dona misol yoki masala ishtirokchilarga berilib mazkur shartga maksimal 20 ball bilan baholandi.

2-shart. “Intellekt” Ishtirokchilar matematika fanidan o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan mavzu bo‘yicha o‘qivchilar uchun sinflar kesmida qiziqarli, hayotiy topshiriqlar tayyorladilar. mazkur shartni mavzular hakamlar hay’at tomonidan berildi. Mazkur shartga 30 daqiqa vaqt berildi hamda 40 ball bilan baholandi.

3-shart. Savol –javob mantiqiy. Ushbu shartda ishtirokchilarga Hakamlar hay’ati tomonidan 2 ta savol ya’ni 1 tasi mutaxassislik, 1 tasi mantiqiy. Ushbu shartda barcha savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar 5 minut vaqt da faol ishtirok etishdi hamda maksimal 40 ball bilan baholanadi.

“Matematika hayotning muvaffaqiyat formulasi” ko‘rik-tanlovi yakuniy natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin: 20-maktab matematika o‘qituvchisi – To‘rayeva Gulhayo

2-o‘rin: 7-IDUM matematika fani o‘qituvchisi – Ergashova Muqaddas

3-o‘rin: 10-maktab matematika fani o‘qituvchisi – Sattorova Visola g‘oliblikni qo’lga kiritdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda faxrli o‘rin olgan o‘qituvchilar tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Uchquduq tuman xalq ta’limi bo’limi metodisti Sharifjon Xolbutayev

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: