PREZIDENT MAKTABLARIGA QABUL QANDAY BO’LADI?

0

PREZIDENT MAKTABLARIGA QABUL QANDAY BO’LADI?

Keyingi paytlarda «Prezident maktablari”ga qabul qilish borasida ijtimoiy tarmoqlarda turli xil feyk xabarlar, o‘z xizmatini taklif qilish holatlari uchrab turibdi. Nufuzi jihatidan xalqaro jamoatchilik e’tiborida turgan bunday ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risida aniq, ishonchli va shaffof tushunchalarni bilib olish o‘quvchilar, ularning ota-onalari, keng jamoatchilikka zarar qilmaydi. Quyida Sizlarning e’tiboringizga «Prezident maktablari”ga qabul qilish tartiblari to‘g‘risida ma’lumotlarni havola etamiz.
  2019-yilning 20-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-4199-sonli qarori qabul qilindi. Prezident qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil  25-iyunda «Prezident maktablari to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi  526-sonli qarori qabul qilinib, qonuniy kuchga kiritildi.
Mazkur nizomning asosiy maqsadi Prezident qarori ijrosini ta’minlash va Prezident maktablari faoliyati samaradorligini tashkil etishdan iborat. Nizomga muvofiq,   O‘zbekiston Respublikasi Moltya vazirligi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmanomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2019-yilgi parametrlari doirasida va 2020-yildan boshlab, har yili Prezident maktablarining joriy faoliyati xarajatlarini qoplash uchun zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutishi belgilab qo‘yilgan.
  Mazkur nizom Prezident maktablarining maqomi, maqsadi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Prezident maktablari bevosita O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi. Vazirlik Prezident maktablari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi. Prezident maktablarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.
  Nizomning 5-bobida Prezident maktablariga kirish imtihonlarini o‘tkazish va o‘qishga qabul qilish tartibi ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra respublika umumta’lim muassasalarining to‘rtinchi (birinchi o‘quv yilida – to‘rtinchi — to‘qqiz) sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli bolalar tanlov asosida Nizomga muvofiq tartibda qabul qilinadi. Qabul jarayonida o‘quvchilardan a’lo baho talab etiladigan STEAM fanlarining  (sinflar kesimida) tegishli ro‘yxati vazirlik (Xalq ta’limi vazirligi) tomonidan tasdiqlanadi.
O‘quvchilarni qabul qilish ishchi organ tomonidan ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot bilan birga o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalari asosida amalga oshiriladi. Kirish imtihoni natijalari vazirlik va Prezident maktablarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida joylashtiriladi.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: