“Qizlar odobi targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

0

“Qizlar odobi targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta–maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Yozuvchilar uyushmasining “Qizlar odobi targ‘ibotchisi” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi qo‘shma qarori hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2021 yil 29-martdagi 03/03-sonli apparat yig‘ilishining 2-masalasi, 3-bandida berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash hamda ta’lim muassasalaridagi eng faol odob-axloq targ‘ibotchilarini aniqlash maqsadida joriy yilning 3 aprel kuni Uchquduq tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli         7-IDUMda ta’lim muassasalarining pedagog-xodimlar o‘rtasida “Qizlar odobi targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlov 2 ta shart asosida hakamlar hay’ti tomonidan munosib baholandi va natijaga ko‘ra, 1-o‘rinni 20-maktabning “Zulfiyaxonim qizlari” to‘garagi rahbari Annaqulova Xurshida Umirzaqovna, 2-o‘rinni 10- maktabning MMIBDO‘ To‘xtayeva Gulzora Norqulovna hamda 3-o‘rinni 18-maktabning boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mita raisasi To‘ydanova Dilso‘z Nurmuxammatovna egallashdi. Tadbir davomida targ‘ibotchilar ta’lim muassasalarida yosh qizlarning ongu shuuriga o‘zbekona odob-axloq, andishayu-ibo fazilatlarini singdirish borasidagi amalga oshirayotgan ishlari, yosh qizlar orasida odobsizlik illatlarining yuzaga kelish sabablarini o‘zida aks ettirgan sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etishdilar.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: