“Madaniy merosimiz yoshlar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi tuman bosqichi o’tkazildi

0

“Madaniy merosimiz yoshlar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi tuman bosqichi o’tkazildi

Uchquduq tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida 2021-yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi asosida moddiy madaniy meros ob’yektlarini asrash, ulardan oqilona foydalanish maqsadida “Madaniy merosimiz yoshlar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi tuman bosqichi joriy yilning 3-aprel kuni tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 3-sonli umumta’lim maktabida bo’lib o’tdi. Mazkur ko’rik-tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra, 14-17 yosh toifalari bo’yicha, 1-o’rinni 20-maktabning 7-«F» sinf o’quvchisi Islomova Aziza, Xolboyeva Shohsanam, 2-o’rinni 7-IDUMning 9-«B» sinf o’quvchisi Ravshanova Marjona, 3-maktabining 8-sinf o’quvchisi Taurbekova Alfiya, 3-o’rinni 18-maktabning 7-“B”sinf o’quvchisi Norimov Jahongir, 3-maktabning 11-sinf o’quvchisi Grivitskaya Tatyana fog’liblikni qo’lga kiritishdi. Shuningdek, “Mening ona Vatanim” mavzusida rasmlar ko’rik-tanlovining tuman bosqichida 8-12 yosh toifalar bo’yicha 1-o’rinni 10-maktabning 6-sinf o’quvchisi Habibulloyeva Hidoyat, 2-o’rinni 4-maktabning 4-sinf o’quvchisi Hasanova Shabbona, 3-o’rinni 3-maktabning 6-sinf o’quvchisi Rashidova Dilnura, 13-16 yosh toifalar bo’yicha, 1-o’rinni 7-IDUMning 6-sinf o’quvchisi Qulmurodova Mashhura, 2-o’rinni 20-maktabning 7-sinf o’quvchisi Muhiddinova Nargiza, 3-o’rinni 9-maktabning 11-sinf o’quvchisi Maxammedjanova Dariyalar faxrli o’rinlarini egаllab viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: