MINIATYURA USTASI HAFTALIGI BOSHLANDI

0

MINIATYURA USTASI HAFTALIGI BOSHLANDI

O‘zbek miniatyura san’atining yorqin namoyondasi Kamoliddin Behzod ijodi o‘z nafisligi, davrning nozik ruhini aks ettirib turishi, o‘rta asrlardagi urf-odat, turli mavsumiy xarakterdagi holatlarni tomoshabinga yetkazib berishi va nihoyat o‘ta hassoslik bilan ishlanganligi sababli, asrlar osha kishini hayratga solaveradi.
Uchquduq tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 10-umumta’lim maktabda Behzod haftaligi ko‘tarinki ruhda boshlab yuborildi. Hafta davomida rasm va chizmachilik fanlaridan ochiq darslar tashkil etish, rasmlar tanlovini o‘tkazish, o‘quvchilarning o‘tmish boqiy meroslaridan bahramand bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida muzeylarga sayohatini uyushtirish rejalashtirilgan.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: