Yangi rahbar tayinlandi, aniq vazifalar belgilab olindi

0

Yangi rahbar tayinlandi, aniq vazifalar belgilab olindi

Joriy yilning 30 mart kuni Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Marat Shamuratov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Uchquduq tumanidagi bir qator umumta’lim muassasalaridagi ta’lim sifati, bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish diagnostikasi, fan, qiziqish va sport to‘garaklarini tashkil etish ishlari, xorijiy til o‘qituvchilarining malaka toifalarini oshirish yo‘nalishidagi tashkiliy jarayonlar, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritish, ijro intizomi, obodonlashtirish, moddiy-texnik vositalardan samarali foydalanish, ularni saqlash va boshqa bir qator masalalar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Kun davomida tumandagi 4-5-7-9-12-18-20-umumta’lim maktablari yuqorida ta’kidlab o‘tilgan parametrlar bo‘yicha o‘rganildi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha tumandagi 7-IDUM viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi va tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda umumta’lim maktablarining rahbariyati ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uni boshqarma boshlig‘i M.Shamuratov boshqarib bordi. Dastlab, Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 24 martidagi tegishli buyrug‘iga asosan tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirligiga Xalilov Jamshid Abdumajidovich tayinlanganligini ta’kidlab, yangi tayinlangan rahbar J.Xalilovni tanishtirdi va ishlariga omadlar tiladi.
Shundan so‘ng navbatdagi masalalarga alohida tanqidiy nuqtai nazardan to‘xtalib o‘tildi. Ishda sovuqqonlik va e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga intizomiy jazo qo‘llanildi va ogohlantirishlar berildi. Ta’lim sifatini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

             

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: