RASMIY TAYINLOV

0

RASMIY TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 24 martdagi 146-k-sonli «Lavozimga tayinlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan Navoiy viloyati, Uchquduq tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirligiga Xalilov Jamshid Abdumajidovich tayinlandi. 
  Jamshid Xalilov 1981 yil 19 avgust kuni Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti oliy. Lavozimga tayinlangunga qadar Uchquduq tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.
Xalilov Jamshid Abdumajidovichning keyingi faoliyati va viloyat xalq ta’limini rivojlantirishdagi ishlarida omad tilaymiz.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: