Maktablarda bahorgi taʼtil 20 martdan boshlanadi

0

Maktablarda bahorgi taʼtil 20 martdan boshlanadi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq 20 mart — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qatʼiy nazar dam olish kuni hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, 2021 yil 20 mart kuni 2020-2021 oʼquv yilining bahorgi taʼtilining birinchi kuni hisoblanadi. Bahorgi taʼtil 20 dan-28 martgacha davom etadi. 2021 yil 29 martdan oʼquv yilining 4-choragi boshlanadi.

2021 yil 20 mart kuni yuqori sinflarga belgilangan dars soatlari 4-chorakda tigʼizlashgan holda oʼtkaziladi.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: