“Xalqaro tadqiqotlar dasturida tabiiy savodxonlik: tadqiqotga tayyorgarlik, muammo va echimlar” mavzusida seminar

0

“Xalqaro tadqiqotlar dasturida tabiiy savodxonlik: tadqiqotga tayyorgarlik, muammo va echimlar” mavzusida seminar tashkillashtirildi

Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i raisligida òtkazilgan apparat yigilishi bayoniga asosan 2021 yil 3 mart kuni Uchquduq tuman xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 7-sonli IDUM xalqaro tadqiqotlarga yo’naltirilgan tayanch maktabida “Xalqaro tadqiqotlar dasturida tabiiy savodxonlik: tadqiqotga tayyorgarlik, muammo va echimlar” mavzusida seminar tashkillashtirildi. Seminarga viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan ta’lim sifati monitoringi bo’limi mutaxassisi Yu.Nematov, bo’lim mas’ul xodimlari, barcha ta’lim muassasalaridan 25 nafar tabiiy fanlar yo’nalishidagi o’qituvchilar ishtirok etishdi.

Seminar davomida maktabning fizika fani o’qituvchisi Shodiyeva Shaxrinoz tomonidan,»Shamoldan energiya olish» mavzusida, maktabning zoologya fani o’qituvchisi Husenova Fazila tomonidan «Qushlarning tashqi tuzulishi» mavzusida, maktabning geografiya fani o’qituvchisi Qudratova Ra’no tomonidan 8-«B» sinfda «Suvni tejash (Xalqaro tadqiqotlarda kreativ fikrlash)» mavzusida ochiq darslar tashkil etildi,
Seminarnig nazariy qismida kimyo fani o’qituvchisi N.Ataqulova tomonidan “Kimyo fanining nazariya va amaliyotini integrasiyalsh”, fizika fani o’qituvchisi N.Tosheva tomonidan “Xalqaro tadqiqotlarda fazika faniga doir masalalar ustida ishlash”, biologiya fani o’qituvchisi D,Mustafayeva “O’quvchilarda kreativ fikrlashni yanada rivojlantirishdagi dolzarb vazifalar to’g’risida” hamda J.Farmonov tomonidan O’quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo’ljallangan 2-Axborotnomaning taqdimotlari qilindi.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: