Pisa Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta‘limi tizimida ta‘lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta‘limi vazirligining 2020-yil 8-naydagi 17- va 23-qq-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta‘minlash hamda viloyat Xalq ta‘limi boshqarmasi, Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi viloyat bo‘limiining qo‘shma buyrug‘i ijrosini ta‘minlash, tumanda xalq ta‘limi tizimida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ishlarini yanada samarali tashkil etish hamda o‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga sifatli tayyorlash maqsadida Uchquduq tumani 7-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta‘lim maktabida joriy yilining 12-fevral kuni “Xalqaro PISA dasturida matematik savodxonlik tadqiqotga tayyorgarlik muammo va yechimlar” mavzusidagi viloyat o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarning ochilish marosimida tuman xalq ta‘limi bo‘limi mudiri v.b J.Xalilov ishtirok etib, seminar ishtirokchilariga bugungi kunda o’quvchilarni Pisa xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019-yil 29-apreldagi PF 5712-sonli Farmoniga muvofiq umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviyaxloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilanganligi hamda tuman xalq ta’limi tizimida “Pisa xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik borasida 7-IDUM aniq fanlar bo‘yicha tayanch maktabi hisoblanishni yuzasidan bir qator fikr mulohazalarni bildirib o’tdi.
Shunindek, mazkur seminarda tumandagi maktablardan matematika va informatika fani o‘qituvchilar ham tashrif buyurdi. Shuningdek, mazkur seminarning amaliy qismida Pisa xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rishda matematik savodxonlikni oshirish borasida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar xususida tuman xalq ta’limi bo’limi aniq fanlar metodisti Sh.Xolbutayev tomonidan o’quv seminar qizg’in boshlandi.