KIBERSPORT MUSOBAQASINING TUMAN BOSQICHI O’TKAZILDI

0

KIBERSPORT MUSOBAQASINING TUMAN BOSQICHI O’TKAZILDI

2021-yil 13-fevral kuni tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida “Fevral oyida yoshlar bandligini ta’minlash” maqsadida Beshta muhum tashabbus doirasida kompyuter savodxonligi tadbirlarini tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan “Kibersport” yo’nalishining FIFA-07 sport turidan tuman musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqaga bo’limga qarashli 1-3-4-5-7-9-10-13-18-20-sonli maktablardan o’quvchilar hamda Barkamol avlod bolalar maktabidan to’garak a’zolari faol ishtirok etib, o’zaro bellashishdilar.
Musobaqa natijalariga ko’ra, 1-o’rinni 10-maktab jamoasi, 2-o’rinni 18-maktab jamoasi, 3-o’rinni 7-maktab jamoasi qo’lga kiritishdi. G’oliblikni qo’lga kiritgan va musobaqada faol ishtirok etgan jamoalar bo’limning faxriy yorliqlari va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: