Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlari

0

Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlari

Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi metodisti Dilfuza Imomova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Uchquduq tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 6-maktabga metodik yordam ko’rsatildi.
Maktabning 11-sinf o’quvchilari bilan OTMlariga kirish yuzasidan suhbat olib borildi, olis cho’l hududida joylashgan ta’lim muassasalariga berilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar aytildi. 9-sinf o’quvchilari bilan kasbga yo’naltirish bo’yicha davra suhbati o’tkazildi. Maktab o’qituvchilari uchun qozoq tili va adabiyoti hamda o’zbek tili darslaridan “Mahorat dars” tashkil qilindi.
Jamoa bilan uchrashuv o’tkazilib, ularga bugungi kunda ta’lim sohasidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbatlashildi. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 13 avgustdagi «Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to’g’risidagi» 183-sonli buyrug’i haqida tushuncha berib, metodbirlashma rahbarlariga ustamalar belgilanganligi ta’kidlab o’tildi. Fan o’qituvchilari uchun dars davomida foydalanish uchun ilg’or pedagogik texnologiyalar haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv so’nggida o’qituvchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularning savollariga atroflicha javob berildi.

 

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: