Davlat test markazi Navoiy viloyati bo‘limi Uchquduqlik bitiruvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

0

Davlat test markazi Navoiy viloyati bo‘limi Uchquduqlik bitiruvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

 

Davlat test markazi xodimlari ishtirokida viloyat aholisi, yoshlar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot tashkil etilmoqda.

Shunday ochiq muloqotlardan biri Davlat test markazi vakili Z.Shakarov va Navoiy viloyati bo‘limi boshlig‘i N.Bekniyozov hamda bosh mutaxassis F.Xodjabayevlar tomonidan joriy yilning 28-yanvar kuni Uchquduq tumani musiqa maktabining faollar zalida tashkil etildi. Ochiq muloqotda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari, AKT bo‘limi xodimi hamda hududga yaqin maktablarning direktor o‘rinbosarlari, fan o‘qituvchilari va bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi (Jami 218 nafar: 189 nafar bitiruvchilar va 29 nafar fan o‘qituvchilari).

O‘tkazilgan ochiq muloqotda Davlat test markazi vakili Z.Shakarov so‘zga chiqib yig‘ilganlarga test sinovlarini o‘tkazishda korrupsiyaning oldini olish borasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ishlar, yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib istisno tariqasida 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilishda yaratilgan imkoniyatlar va o‘zgartirishlar, 2021-2022-o‘quv yili uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan kirish test sinovlaridagi yangiliklar va Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar hamda kelgusida amalga oshirilishi belgilangan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

 

Bundan tashqari Davlat test markazi Navoiy viloyati bo‘limi boshlig‘i N.Bekniyozov yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida aytib o‘tilgan ustuvor vazifalar, oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlari 2016-yilga nisbatan

2,5 barobarga oshganligi, yoshlarimizni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi

9 foizdan 25 foizga yetganligi, ehtiyojmand oilalarning qizlari uchun grantlar soni ikki barobarga oshirilishi, a’lo bahoga o‘qiyotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qizlari uchun stipendiyalar tashkil etilishi hamda yoshlar uchun yaratilayotgan qator imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida N.Bekniyozov O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti ajratilishi, viloyatning olis cho‘l tumanlarida kamida uch yildan buyon istiqomat qilayotgan abituriyentlar uchun Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun qo‘shimcha davlat granti ajratilishi hamda Davlat test markazi faoliyatiga doir bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berdi.

 

Davlat test markazi Navoiy viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi F.Xodjabayev ishtirokchilarga oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish uchun abituriyentlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tish tartib-qoidalari, umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi va 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari hamda Davlat test markazi tomonidan 2021-yil yanvar oyidan boshlab talabgorlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarini viloyatlarda o‘tkazish yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot davomida ishtirok etgan barcha qatnashchilar test jaryonlari bilan bog‘liq masalalarda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

 

 

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: