«She’riyat shaydosiman» ko’rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

0

«She’riyat shaydosiman» ko’rik — tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Uchquduq tuman XTB tomonidan 15-yanvardan 15-fevralgacha «Navoiyxonlik oyligi»ni o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan ta’lim muassasalarining «Zulfiyaxonim qizlari» to’garagi aʼzolari oʻrtasida «She’riyat shaydosiman» ko’rik — tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholanib,
oliy oʻrinni 5-maktab oʻquvchisi Husanova Gulnur, 1-oʻrinni 20-maktab oʻquvchisi Qudratova Zarina, 2-oʻrinni 10-maktab oʻquvchisi Xayriddinova Gavhar, 3-oʻrinni 11-sonli maktab oʻquvchisi Moʻynanova Madinabonu qo‘lga kiritdi. 12-maktab o‘quvchisi Jalgasova Marina «Eng yosh ijodkor» nominatsiyasiga ega bo‘ldi.
Tanlovda tuman hokimligi va hamkor tashkilotlar xodimlari hamda NDPI ona tili va adabiyot fakulteti 4-kurs talabasi, Zulfiyaxonim tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchisi Malika Xudoyberdiyeva ishtirok etdi.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: