Tabiiy fanlar bilimdoni
Uchquduq tuman XTBga qarashli 20-maktabda «Tabiiy fanlar oyligi» munosabati bilan 9-sinflar kesimida «Tabiiy fanlar bilimdoni» deb nomlangan musobaqa o‘tkazildi. Bellashuvda 9-A» sinf 1-o‘rinni, 9-«B» sinf 2-o‘rinni, 9-«D» sinf o‘quvchilari 3-o‘rinni egallab, maqtov yorliqlari bilan taqdirlanishdi.