XALQ TA’LIMI VAZIRI NAVOIY VILOYATIGA TASHRIFINI OLIS HUDUDLARDAN BOSHLADI

0

XALQ TA’LIMI VAZIRI NAVOIY VILOYATIGA TASHRIFINI OLIS HUDUDLARDAN BOSHLADI

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov sohadagi islohotlarning borishi, umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishini o‘rganish maqsadida Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Safar davomida Xatirchi tumanidagi 43-sonli va 2-umumta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim muassasalarida o‘quvchi hamda o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Ya.Dushanov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Shamuratov hamrohligida maktab rahbariyati va o‘qituvchilari bilan uchrashib, o‘qituvchi mavqeining oshirilishi, ularning to‘laqonli faoliyat olib borishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, mazkur o‘quv yilida maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish darajasi pastligi sabablari bilan qiziqdi. Xatirchi tuman hokimi G‘.Aliyev joriy yilda tumanda 3 ta umumta’lim muassasasi rekonstruksiya qilingani, 3 ta maktab esa kapital ta’mirlangani, bu ishlar kelajakda yana davom ettirilishi xususida bildirdi. Shuningdek, umumta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash tuman hokimligining doimiy e’tiborida ekanligini bildirib o‘tdi. Xalq ta’limi vaziri kelajagimiz egalariga munosib ta’lim va tarbiya berish muqaddas vazifa ekanligi, bu ishga barcha birdek burchdor ekanligini alohida ta’kidladi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdi. Oliy ta’limga o‘qishga kirish darajasi yuqori bo‘lgan 2-umumiy ta’lim maktabi pedagogik jamoasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tumandagi 43-umumta’lim maktabida ham xuddi bir xil sharoit yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, birorta bitiruvchisi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmaganligi tanqid qilinib, maktab direktori lavozimidan ozod etilganligi, yangi rahbar faoliyatda keskin burilish yasashi lozimligi uqtirildi.
   Sh.Shermatov Karmana tumanidagi 2-umumta’lim maktabida ham bo‘lib, mavjud sharoit, oliy ta’lim muassasasiga qabul natijasi bilan tanishib, kelajak egalarini munosib ravishda tarbiyalab, yuqori natijaga erishganlari uchun maktab rahbariyati hamda fidoiy o‘qituvchilarga tashakkur izhor etdi.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: