,,Bayrog’im – faxrim»

0

«Bayrog’im – faxrim»

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan barcha ta’lim muassasalarida, turli tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Davlat ramzlari hamma xalqlar hayotida ulug‘ va muqaddas sanalgan. Ularga bo‘lgan hurmat ona-Vatanga bo‘lgan sodiqlik, farzandlik sadoqatining belgisi hisoblanadi. Tarixiy solnomalarda ana shu muqaddas tug‘ ostida yurt ozodligi uchun jangga kirib, shirin jonini qurbon qilsa-da, bayroqni dushman qo‘liga topshirmagan mard o‘g‘lonlar to‘g‘risida hikoya qilinadi. SHundaylardan biri ulug‘ shayx, tasavvuf vakillaridan bo‘lgan Najmiddin Kubrodir. Hanuzgacha uning qahramonligi avlodlar xotirasida barhayot.

Ta’lim muassasalarida Davlat bayrog‘iga bo‘lgan cheksiz hurmat va sharafni tarannum etuvchi tadbir tashkil etilib, ko‘tarinki saviyada bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar saf tortib, Davlat bayrog‘ini madhiya jo‘rligida ko‘tarib, unga hurmat bajo keltirishdi. SHundan so‘ng o‘quvchilar ishtirokida sahna asarlari namoyish etilib, kuy-qo‘shiq, she’rlar jarang sochdi. O‘quvchilar davlat ramzlariga bo‘lgan hurmatning mohiyatini anglab oldilar.

Yurt sha’ni, milliy g‘urur ramzi bo‘lgan bayrog‘imiz, doimo yuksaklikda hipirayver!

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d bloggers like this: