«Sayyor qabul»

0

«Sayyor qabul»

Xalq ta’limi vazirligining topshirig’iga ko’ra joriy yilning 10 dekabridan «Sayyor qabul oyligi» o’tkazilishi e’lon qilingan bo’lib, shu munosabat bilan 22 dekabrь kuni Uchquduq tumanidagi 7-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarma boshlig’i M.Shamuratov tomonidan «Sayyor qabul» o’tkazildi. Qabuldan ko’zlangan asosiy maqsad ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarga joylardagi keng jamoatchilikning munosabatini o’rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida hal qilishdan iboratdir. Sayyor qabulda tumandagi ta’lim muassasalari o’zlarining vakant soatlari bilan ishtirok etdi. Qabulda fuqarolardan 6 nafari o’z mutaxassisligi bo’yicha ish bilan ta’minlash, bir nafari tuman «Barkamol avlod» bolalar maktabida futbol to’garagini ochish yana bir nafar fuqaro oilaviy masalada murojaat qildi. Boshqa masalalar ham eshitilib, vakolat doirasida hal qilish belgilab olindi. Fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal qilindi.

 

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: