«Kitobxon oʼquvchilar» koʼrik-tanlovi oʼtkazildi

0

«Kitobxon oʼquvchilar» koʼrik-tanlovi oʼtkazildi

Uchquduq tuman xalq taʼlimi boʼlimi tomonidan oʼquvchilarni kitobxonlikka qiziqtirish hamda kitobxon oʼquvchilarni aniqlash maqsadida 9-umumtaʼlim maktabida «Kitobxon oʼquvchilar» koʼrik-tanlovi oʼtkazildi. Tanlovda 3-4-5-7-9-10-18-20-maktab oʼquvchilari 4 ta shart boʼyicha oʼzaro bellashdilar. Shartlarni bajarish davomida oʼquvchilar oʼzlarining bilimi va zukkoligini, aktyorlik mahoratini koʼrsatib berdi. Oʼzlari oʼqigan asarlardan sahna koʼrinishlari namoyish qildi. Natijalarga koʼra 1-oʼrinni 18-maktab jamoasi, 2-oʼrinni 7-20-maktab jamoasi, 3-oʼrinni 3-maktabning kitobxon jamoalari egalladi. Ularga boʼlimning faxriy yorliqlari va esdalik uchun kitoblar sovgʼa qilindi.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: