Tajriba almashib

0

Tajriba almashib

Joriy yilning 21-dekabr kuni Uchquduq tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 9-sonli umumta’lim maktabida «Matematika; informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o’qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish» mavzusida tuman o’quv-amaliy seminari «Yangi O’zbekiston — yangicha dunyoqarash» shiori ostida o’tkazildi.

Ushbu seminarda tumandagi barcha umumta’lim maktablaridan matematika va informatika fani o’qituvchilar ishtirok etishdi. Seminar davomida maktabning matematika fani o’qituvchisi J.Mintayeva, M.Kuldikova hamda Informatika fani o’qituvchilari Z.Donasova va G.Nazarbekovalar o’zlarining pedagogik mahorati orqali yuqori saviyada ochiq darslar o’tkazishdi. Matematika va informatika fani o’qituvchilarini pedagogik mahoratini oshirish o’quvchilarni bilim samaradorligini oshrishda yangi sifat bosqichiga olib chiqishdan iboratligi Matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni yangi ko’nikmalarini hosil qilish yuzasidan seminar yakunida seminar-trening tashkil etildi. Barcha ishtirokchilar o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tishdi.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: