QOZOGʼISTONDАN ELEKTRON KITOBLАR SOVGʼАGА BERILDI

0

QOZOGʼISTONDАN ELEKTRON KITOBLАR SOVGʼАGА BERILDI

Tili, dini bir, tarixi tutash, madaniyati mushtarak boʼlgan oʼzbek va qozoq xalqlari doʼstligi uzoq oʼtmishga borib taqaladi. Oʼzaro aloqalar, ayniqsa, keyingi yillarda yanada mustahamlandi. 2018 yilda Qozogʼistonda Oʼzbekiston yili, 2019 yilda Oʼzbekistonda Qozogʼiston yilining nishonlangani bunga yorqin misoldir.
Yana bir muhim voqea Oʼzbekiston Respublikasi bilan Qozogʼiston Respublikasi oʼrtasida Аbadiy doʼstlik toʼgʼrisidagi shartnoma imzolanganiga 20 yil toʼldi.
Yana bir muhim voqea Oʼzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Аbay Qoʼnonboev ijodiy merosini keng oʼrganish va targʼib qilish toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror oʼzbek xalqining qardosh Qozogʼiston xalqiga, uning betakror adabiyoti va madaniyatiga, yorugʼ kelajagiga boʼlgan hurmati va ishonchining yorqin ifodasi sifatida qabul qilingan.
Bir daryodan suv ichgan oʼzbek va qozoq xalqlari oʼrtasidagi doʼstlik va qardoshlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bu kabi ezgu ishlarni yana uzoq davom ettirish mumkin.
Bugun Uchquduq tumani yoshlari uchun yana bir xayrli tadbir amalga oshirildi. Respublika qozoq milliy-madaniy markaz tomonidan taʼlim qozoq tilida olib borilayotgan maktablar uchun elektron badiiy adabiyotlar taqdim etildi. 11 ta komplektda 13 ta kitob jamlangan mazkur elektron kitoblar “Danalыq әlіppesі» turkumidagi badiiy adabiyotlardan iborat.
Shuningdek, А.Navoiy, E.Vohidov, А.Oripov, Oʼ.Raxmat singari oʼzbek adiblarining asarlari qozoq tiliga tarjima qilingan kitoblar hamda qozoq xalq maqollarining oʼzbek tili tarjimasi ham maktab kutubxonalariga berildi.
Kitoblarni tuman hokimi S.Xamroev maktab kutubxonasiga topshirar ekan, kitobning inson kamolotida tutgan oʼrni, hozirda ikki qardosh xalqlar oʼrtasidagi abadiy doʼstlik rishtarilari yanada mustahkamlanayotganligini taʼkidlab oʼtdi.
1-maktabning direktor oʼrinbosari Аqil Omarov, 2-maktab direktori Mergen Tureshovlar Respublika qozoq milliy-madaniy markaziga oʼz minnatdorchiligini bildirishdi.
Darvoqe, oldinroq Uchquduq tumanidan 9 nafar oʼquvchi Qozogʼistonda oʼtkazilgan Xalqaro olimpiadada sovrinli oʼrinlarni qoʼlga kiritib, tashkilotchilarning qimmatbaho smartfon, aqilli qoʼlsoatlari bilan taqdirlangani haqida xabar bergandik.

Uchquduq tuman xalq ta’limi bo’limi axborot xizmati

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: