G’oliblar taqdirlandi

0

G’oliblar taqdirlandi

       Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar, shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar agentligining 2013 yil 16 oktyabrdagi 02-02/5-855-sonli qoʼshma xatining ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi 7-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida 9-10-11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkazilgan umumtaʼlim fanlari olimpiadasining ikkinchi (tuman) bosqichida 500 dan ortiq oʼquvchilar ishtirok etib, oʼz bilimlarini sinab koʼrishdi. Ishtirokchilardan 116 nafari gʼolib boʼlib, viloyat bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi.
Joriy yilning 2 dekabr kuni fan olimpidasining tuman bosqichi gʼoliblarini taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. Tuman hokimi oʼrinbosari N.Muratov, tuman soliq inspektsiyasi boshligʼi Oʼ. Shodiev hamda tuman xalq taʼlimi boʼlimi oʼrinbosari J.Xalilov gʼolib oʼquvchilarimizni tabriklab, xalq taʼlimi boʼlimining diplom va esdalik sovgʼalarini taqdim etdi.

 

 

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: