«Yangi O‘zbekiston—yangicha dunyoqarash» ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari

0

«Yangi O‘zbekiston—yangicha dunyoqarash» ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari

Kechada  nuroniy va yoshlar, deputatlar, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi S.Xamroev pandemiya davridagi vaziyat, aholi salomatligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlarga to‘xtaldi.

SHuningdek, tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli uy-joylarning qurilishi va diniy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi amaliy ishlar xususida so‘z yuritdi.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqiy teatri aktyori, “SHuhrat” medali sohibi Rasulxon Qodirxonov ham o‘z chiqishida yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasi, yangicha siyosati, yangicha yondashuvi haqida fikrlar bildirdi. YAqinda sahnalashtirilgan “O‘tgan kunlar” asarida Otabek rolini ijro etgan iste’dodli aktyor ariyalar ijro qildi. Tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Videoroliklar namoyishida yurtimiz va tumanimizning kechagi va buguni tasvirlandi. Kuy-qo‘shiqlar jarang sochdi.

«Mahallabay» tizimidagi tadbirlar olis va chekka qishloqlarda ham davom etmoqda.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: