Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun nishonlandi
Uchquduq tumani markazidagi davlat bayrog‘i o‘rnatilgan xiyobonda tuman hokimligi tomonidan davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 29 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi Soli Xamroev, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, harbiy qismlar, korxona, tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bayram tadbiri san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi.