KARANTINDAN KEYIN MENING MAKTABIM!

0
       Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi koronavirus pandemiyasi sababli umumta’lim maktablarida e’lon qilingan qo‘shimcha ta’til kunlarida kechiktirilgan ishlarning o‘rnini to‘liq qoplash maqsadida ta’lim sifatini oshirish, maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrovini oshirish, o‘qituvchilar attestasiyasiga tayyorgarlik ko‘rish, fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarga, Xalqaro baholash dasturlari asosida milliy reytingga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlarni yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, tozalik va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, o‘qituvchi va ishchi-xodimlarning shaxsiy tomorqalaridan unumli foydalanishlarini tartibga solish maqsadida barcha maktab rahbarlarining shaxsiy yondashuvini oshirish va rahbarlar tomonidan tayyorlangan ijod namunalarini tanlab olish va ularni baholash uchun «Karantindan keyin mening maktabim!” tanlovini e`lon qiladi.
   Tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 28-30 aprel kunlari o‘tkaziladi hamda tanlovda g‘olib deb topilgan 1-, 2-, 3-o‘rin sovrindorlari xalq ta`limi boshqarmasida tashkil etilgan komissiyaga joriy yilning 2-may kuniga qadar taqdim etiladi. Viloyat komissiyasiga taqdim etilgan ijodiy ishlar joriy yilning 5-6-may kunlari ko‘rib chiqiladi va 9-may kuni g‘oliblar e`lon qilinadi.
«KARANTINDAN KEYIN MENING MAKTABIM!” loyihasi.
   Bunda har bir maktab rahbari quyidagilarga e’tibor bergan holda o‘zining ijodiy ishini bayon etadi.
Birinchidan, ta’lim muassasasida ta’lim sifatini yanada oshirish, bunda maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrovini oshirishga, o‘qituvchilarning dars jarayonlariga to‘liq ko‘nikmasini hosil qilishiga va yangicha yondashish orqali ishlash tizimini yo‘lga qo‘yishga, ularni attestasiyaga tayyorgarligi (oliy va birinchi toifali o’qituvchilar safini kengaytirish), fan olimpiadalari va turli xil ko‘rik-tanlovlarga tayyorgarligi va ularda asosiysi natija qilishligi, Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha milliy reytingga puxta tayyorgarlik ko‘rishi va hokazo.
Ikkinchidan, o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlarni yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, ularda vatanparvarlik va shukronalik tuyg`usini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratish, o‘quvchilar davomati, o‘rinbosarlar, psixolog, yoshlar yetakchisi, kutubxonachining ish uslubini o‘zgartirishga va ularning o‘zaro hamkorligiga, jamoa orasida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni to‘liq yaratishga, Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus doirasida o‘quvchilar o‘rtasida tanlovlar va festivallar hamda tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishga, «Mening maktabimda jinoyat sodir bo‘lmaydi” shiori ostida tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarni to‘liq o‘zgartirishga, o‘quvchi qizlarni keyingi hayotga tayyorlashda o‘qituvchilar va o‘rinbosarlarning faoliyati va samaradorligini oshirishga, oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligida olib boriladigan ishlarni o‘zgartirishga, ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda ishlayotgan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yangicha yondashishga va hokazo.
   Uchinchidan, ta’lim muassasasida tozalik va obodonlashtirish ishlarini talab darajasida tashkil etish, o‘qituvchi va ishchi-xodimlarning shaxsiy tomorqalaridan unumli foydalanishini nazorat qilish va hokazo.
Yuqorida ko‘rsatilgan bandlarning har biriga maktab rahbari ishni qanday tashkil etishi, muammo va yechimlari, yangi reja va g‘oyasi, aniq takliflari asosida to‘xtalishi kerak.

Javob yozish

Your email address will not be published.

%d такие блоггеры, как: