Tutuq ( ‘ ) belgisi

0

Ona  tili   fanidan

Mavzu:     Tutuq  ( ‘ )   belgisi     55-56- mashqlar

Dars shiori:     Dars   muqaddas

Maqsad:

Ta`limiy: O`quvchilarga Unli tovushlardan  keyin kelgan tutuq belgisiningo’zidan

 oldingi qo’yilgan unlini cho’zib  talaffuz qilishdaUndoshdan so’ng

 unlini  ajratib ko’rsatish   haqida tushuncha  berish:

FK 1:- Nutqiy kompententsiya:-tinglab tushunish, so’zlash, o’qish, tutuq  belgili  so’zlarni  o’qiy oladi.

 Tarbiyaviy: O`quvchilarni mashqdagi matn orqali  Vatanimiz poytaxti  bilan   tanishtirish, Vatanga mehr uyg`otish;

TK 4:- O’zidan kattaga yordam berish ;

  Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning  bog’lanishli  nutq, og`zaki va yozma nutq , lug`at ustida ishlash, mantiqiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

Dars  turi: O`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarni rivojlantiruvchi

Dars uslubi: suhbat, tushuntirish, “Davom ettir” usuli, “Qismning butuni” mashqi, ”Quvnoq harflar”, “Fazoviy sayohat” o`yini.

Dars jihozi: darslik, videoroliklar, ko`rgazmalar, xatjild va topshiriqlar.

                     Darsning borishi.

I.Darsni tashkil etish:  (2 min)

 O`quvchilarni dars maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

  1. Uy vazifasini so`rash va o`tilganlarni mustahkamlash. (10 min)

 Uyga vazifa darslikdagi  54-mashqni  hazorat  qilish  baholash.

    “ Tarmoqlash “  o’yini  orqali  mustahkamlash  54- mashq   izohlanadi  Javoblar: shahri, faxri, baxti, har,  dasturxon,  mehmon.

      “Quvnoq harflar” o`yini.

Bu o`yinni o`tkazish uchun she’rni eng ifodali yoddan aytgan 8 nafar o`quvchi tanlanib xattaxta yoniga taklif qilinadi. O`qituvchi stolida teskari holatda qo`yilgan Q, O`, R, G`, O, N, I, M kesma harflardan bittadan tanlab olishadi. “Qo`rg`onim” so`zini o`quvchilar qarsak yordamida tovush chiqarib hosil qiladilar.

 

O`quvchilarga umumlashtiruvchi savollar beriladi.

  1. “Qo`rg`onim” so`zi nechta harf va tovushdan iborat? (8 ta harf, 8ta tovush)
  2. So`z necha bo`g`inli ekan? (3 bo`g`inli, 3-unli tovushlar soni)
  3. 8 va 3 ning ayirmasini toping. (5-undosh tovushlar soni)
  4. “Qo`rg`onim” so`zining ma’nosi nima ekan? (Vatan)

-Bugungi darsimizda biz  Tutuq  (‘)  belgisi bilan  tanishamiz   va Vatanimiz haqida olgan bilimlarimizni yangi ma’lumotlar bilan to`ldirib boramiz. Tayyormisiz?

III. Yangi mavzuni tushuntirish. (14min)

-Bugun biz sizlar bilan   Tutuq  (‘)  belgisi   bilan tanishamiz.

Multimedia ilovada matn mazmuniga mos  lavhalar,  matn ovozi bilan audio va videorolik namoyish qilinadi.

-Aziz bolajonlar, hozir namoyish etilgan lavhalarga mos ma’lumotlar darsligimizda ham bormikin? Keling tekshirib ko`ramiz.

(O`qituvchi   tutuq  belgisi  bilan  tanishtirib qoidani  o`qiydi. O`quvchilarga  qoida  haqida   tushuncha   beriladi,  kuzatib boradilar)

55-mashq.    Sur’at,  Jur’at,  Tal’at,  San’at,  qal’a,  qat’iy,  mash’al.

Topshiriq:  tutuq  belgili  bo’g’inlarni  tagiga  chizing.  

56-mashq      Ra’-no,  ba’-zi. va’ –da,  ma’-no, ma’-qul , sa’-va,  ta’-zim, ta’-lim, e’-lon

Topshiriq:  Tutuq  belgili  so’zlarni  bo’g’inga  bo’lib  chiziqcha  bilan  yozing

Dam olish daqiqasi :

Multimeda ilovada Erkatoy guruhining “O`zbekiston” qo`shig`iga mos harakatlar ko`rsatilgan bo`lib, o`quvchilar ko`rib birgalikda bajaradilar.

-Vatanimizni madh etuvchi qo`shiqni tinglab, kayfiyatimizni ko`tarib oldik. O’zbek  tilimiz  haqida  she’rlar  aytish, maqollarni bilasiz? (O`quvchilar bilgan maqollarini aytadilar. Darslikda berilgan maqol tanishtiriladi va mazmuni tushuntiriladi.)

 

 

 

Maqol: Ona yurting-oltin beshiging

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. (15 min)

Darslik bilan ishlash :

  “Davom ettir” usuli

O`qituvchi o`quvchilarga darslikning  mashqlarni umumlashtirib  tutuq  belgili  so’zlar  topib  aytish:   Masalan:  sa’va – sava, ta’na – tana, da’vo – davo,sur’at – surat…..

            “Fazoviy sayohat” o`yini

Multimedia ilovada o`yin o`quvchilar bilan birgalikda bajariladi.

— Aziz bolajonlar! Yosh fazogirlar fazoviy kemada sayohatga chiqmoqdalar.  Savollarga javob bersangiz, yosh fazogirlar sayohatga yo`l oladilar. Sizlarga omad tilayman!

 

  1. Darsga yakun yasash va o`quvchilarni baholash. (2min)

 Savol-javob:

  1. Darsimizda nimalarni bilib oldingiz?

O`quvchilarni darsda ishtirok etishlariga qarab baholanadilar.

  1. Uyga vazifa berish. (2min)

Darslikdagi  57 – mashq    ajratib  ko’rsatilgan  so’zlarni  ma’nosi,aytilishi, yozilishini qiyoslang.

Javob yozish

Your email address will not be published.